Futbol haqida gap ketar ekan biz albatta millionlab muhlislar, to'p va maydonni tasavvur qilamiz. Lekin, shunday "maydon" borki, u yerda haqiqiy futbol bo'ladi- ko'cha futboli. Ko'cha futbolida hech qanday kelishilgan o'yinlar bo'lmaganligi uchun haqiqiy futboldir!
Kelishilgan o'yinlar bo'lmasligi uchun, birinchi navbatda mutaxasiss halol, vijdonli va insofli bo'lishi kerak. Biz kelishilgan o'yinlarga qarshi har qancha kurashmaylik mutahasissning dilida iymon, halollik va albatta vijdon bo'lmasa, bu illat futbolimiz ildiziga bolta urib turaveradi va o'z-o'zidan rivojlanish ham bir chekkaga surilib turadi. Halollik har qayerda muhim ahamiyat kasb etib kelgan, dinimizda ham halollikga chaqirilganligi bois bu ishlardan yiroq bo'lish shart!
Pul. Pul-futbolda eng muhim rollardan birini o'ynaydi. Bizning davlatda futbolga o'ziga yarasha e'tibor hamda mablag' ajratilgan. Bu mablag'larni to'g'ri yo'lda sarflash esa- "katta"larimizni iymoni va vijdoniga bog'liq. Futbolning 60-70% pul rol o'ynaydi. Teletranslyatsiya-pul, stadion-pul, transfer-pul... Mana shu 3 narsaning o'zi futbolning katta ya'ni o'sha 60-70 foizi hisoblanadi. Qolgan 30-40 foizi- bolalar futboliga e'tibor, hakamlik va hokazolar kiradi. Tepada aytganimizdek mablag'lar o'z yolida sarflanmasa rivojlanish bo'lmaydi. Transfer bozorida faol bo'lish uchun albatta pul zarur. Klublarni isloh qilish uchun klub mutasaddilari tomonidan katta miqdorda pul ajratilishi kerak bo'ladi. Hamma to'p ustalarining ham narxi o'yiniga yarasha bo'ladi, albatta. Klubga legioner olib kelindimi, shu klubga o'sha davlat futboli havosi kirib keladi, bundan mahalliy futbolchilar ham "nafas olishadi" va o'sish kuzatiladi.
Mening fikrimcha mablag'lar o'z joyiga sarflanmas ya'ni halollik bo'lmas ekan rivojlanish IDEAL darajada bo'lmaydi.
Bir eslang, Mirabror Usmonov O'FFga prezident bo'lganidan keyin 5-6 yil katta o'zgarishlar ro'y bergan, lekin, o'sha 5-6 yillardan keyin Mirabror Zufarovich "ish tashlash" qilgan edi! Ammo, 5-6 yil ichida Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi Osiyo gegemonlari oldimizga ko'rqibroq kelishadigan bo'lgan edi.... lekin hozir...
Agar hozirgi O'FF rahbari eski kasbdoshi izidan yurayotgan bo'lsa... bilmadim unda futbolimiz rivoji qancha orqaga surilarkin...
Agarda har bir kishida halollik, iymon va vijdon bo'lsa ishlarida albatta unum bo'ladi. Agarda bizning futbol ham shunga amal qilsa, qisqa fursat ichida rivojlanish IDEAL darajaga chiqadi...
Комментарии
Barakalla, juda a ajoyib chiqibdi!
ОтветитьУдалитьHow to get to Harrah's Cherokee Casino & Hotel by Bus - Dr
ОтветитьУдалитьDirections to 서귀포 출장샵 Harrah's Cherokee Casino & Hotel (Cherokee) 파주 출장마사지 with public transportation. The following transit lines have routes 군산 출장마사지 that 광주 출장안마 pass near 서귀포 출장마사지 Harrah's