"Chekish mumkin emas" , "Не курить" , "No smoking" - iboralari biz uchun begonami? Biz unday belgilarni deyarli hech qayerda uchratmayapmiz, gaz va benzin quyish shaxobchalaridan tashqari.
Xammamizga ma'lumki ancha yillardan beri tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish ko'p sonli o'zbeklar uchun "urf"ga kirgan.
Umuman chekmaydigan bir tanishimdan so'radim:
- Siz nega chekyapsiz?
- Exx xayotda hamma narsa bo'ladida... , siqilyapman! deb javob qaytardi.
Xammaning ham o'ziga yarasha g'am tashvishlari bor. Bu tashvishlardan qutulishning birgina yechimi tamaki mahsuloti iste'mol qilish emas albatta! Buning eng yaxshi va isbotlangan yo'li: bir piyolagina suv ichishdir!
Eng achinarli tomoni, yoshlar ( men kabi yosh avlod hattoki) ichida bunday illat - "Avtoritet"!
Bu "Avtoritet" ortida yoshlarga o'rnak bo'lishi kerak bo'lgan yoshi kattalarimiz turibdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Biz bunday illatga qarshi kurashish o'rniga, hayotimizga kirishi uchun "koridor" yaratib beryapmiz. Masalan, yoshlar ko'p vaqtini "o'yin bekat"lari (playstation)da o'tkazishmoqda ( afsuslar bo'lsin), shaxsan o'zim kuzatdim ( shu blogpost uchun), xar bir "bekat"da chilim (kalyan) bor! Yana kamiga bu chilimdan qandaydur figura chiqarganlari bilan faxrlanadilar. Shu narsa ular uchun "Avtoritet" bo'lsa kerak! Bu narsalar uchun falon pul sarflash ikki tomonlama zararligini hali ham chunib yeyishmadimikan: birinchi o'rinda bu illat sog'lik uchun juda zararli, ikkinchidan, bu narsaga pul sarflashlik isrof va ota-onasini qiynalib topgan pulini behuda sarflashdan boshqa narsa emas!
-Senga Avtoritet kerak bo'lsa ko'chaga chiq, mehnat qilib uyingga hich bo'lmaganda to'rtta non ko'tarib kel. Ana senga xaqiqit Avtoritet! deydigan odam topilmayabdi bularga.
Ayrim yoshi kattalarga keladigan bo'lsak, uyiga, oilasiga, ro'zg'origa qilishi kerak bo'lgan narsa yoki buyum xarid qilish o'rniga, shu tamakini sotib olib "rohat" qilishadi! Shu o'rinda ayrim oilalilarga savol: Siz olayotgan "rohat baxsh" narsaning puli xotin,bolachaqangizni rizqi emasmi?...
Xa, bu illatni zudlik bilan yoqota olmaymiz, umuman yo'qota olmasligimiz ham mumkin! Shuning uchun hech bo'lmaganda jamoat joylarida tamaki iste'mol qilish taqiqlansa maqsadga muvofiq bo'lar edi!
Jamoat joylarida ayrimlar "huzurlanib" atrof muhitga va eng asosiysi atrofdagi insonlarga qanchadan-qancha zarar yetgazyotganlarini sezarmikin?
Zero bunday illatni yo'q qila olmas ekanmiz, shaxsiy fikrim: ayrim gavjum va gavjum emas joylarda " chekish xonasi" tashkil qilish kerak hech bo'lmaganda.
Bu narsani o'ziga biznes qilib olganlar ham yo'q emas, afsuski. Bu biznesni erkin qo'ygan davlatlarni axvolini ko'rib turibmiz. Menga qolsa bu illatni umuman yo'q qilsa ham mayli, lekin bu yoqdagi "mahbus"larni ham o'ylash zarur!
Ichki ishlar va Sog'likni saqalash vazirliklari xodimlari ishtirokida yoshlar davrasida o'tkazilayotgan chora-tadbirlar odamni quvontiradi, albatta, bunday tadbirlar foydadan holi emas. Va yana shuni ta'kidlab o'tish kerakki, davlatimiz tomonidan belgilangan qonunga asosan, xaftaning xar "Payshanba kuni- Profilaktika kuni" etib belgilangani, yoshlar uchun xayotga institut vazifasini o'tab bermoqda. Shu tadbirlar davomida biz yoshlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda, albatta, bu biz yoshlar uchun foydadan boshqa narsa emas!
Biz yoshlar bu yo'lga kirmaslik uchun- shaxsiy fikrga, ilm va farosatfa ega bo'lishimiz zarur. Bunday muhim omillarni o'zida jam qila olgan inson, albatta kamolga yetadi!...
Комментарии
Отправить комментарий