Quyida hayotingizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan va mulohazaga chorlovchi savollarni to'plashga harakat qildim. Demak:
1. Sizni to'laqonli baxtdan nima ajratib turadi?
2. Sizning dafn marosimingizda odamlar nima deydi?
3. Jannat eshiklari oldida turibsiz, xudoyim "Nega seni jannatga tushirishim kerak?" deb so'rasa, qanday javob bergan bo'lardingiz?
4. Agar ertaga hamma narsalaringiz qo'lingizdan ketishini bilganingizda, INSONLARDAN kimdan madad so'rardingiz?
5. Bu inson (4-savol) Siz uchun qanchalik muhim ekanligini biladimi? Oxirgi marta buni unga qachon aytgansiz?
6. Agar butun dunyoga xabar jo'nata olganingizda 30 soniya ichida nima yozgan bo'lardingiz?
7. Agar ishlamasangiz ham umringiz oxirigacha yetadigan miqdorda pul berilganida, bo'sh vaqtingizni nimalarga sarflagan bo'lardingiz?
8. Agar hech ham o'lmaganingizda o'z hayotingizda qanday o'zgarish qilgan bo'lardingiz?
9. Agar butun hayotingiz kino bo'lganida qanday sarlavha eng mos hisoblanardi?
10. O'zingizni 5 ta so'z bilan ta'riflang.
11. Agar bugun hayotingizni oxirgi kuni bo'lganida , nima qilishni xohlardingiz?
12. Qanday imkoniyatlardan foydalanib qolmaganingizdan afsuslanasiz?
13. Bu afsuslanishlaringizdan o'rgangan saboqlaringizni hayotingizga qanday tatbiq qilasiz?
14. Agar Sizni hech kim kuzatmayotganida qanday ishni qilib olgan bo'lardingiz?
15. Agar hayotingizda ro'y bergan voqealarni tomosha qilganingizda bu sizga yoqarmidi?
Bunday savollar hali ko'p ularni keyingi postlarda...
Комментарии
6, 11, 13 - savollar juda o‘rinli deb o‘ylayman.
ОтветитьУдалить