Ona shaxrim "Asaka" haqida

Asaka tumani Asaka tumani - Andijon vi-loyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1926 y. 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 i. 24 dek.da Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970 y. 7 dek.da qayta tuzilgan). Andi-jon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Xo‘jaobod tumanlari va Farg‘ona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,26 ming km² (1995). Aholisi 174,9 ming kishi (2000). Asaka tumani da 1 shahar (Asaka) va 8 qishloq yig‘ini (Zarb-dor, Ilg‘or, Kujgan, Mustahkam, Niyozbo-tir, O‘zbekiston, Qadim, Qoratepa) bor. Markazi — Asaka shahriTabiati. Relefi tekislik, jarli-klar, qir va nisbatan baland adirlar-dan iborat. Shim.-sharqida Andijon, Asaka adirlari va qirlari joylashgan. Iqlimi kontinental. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 26, G, yanv.niki — 2,9°. Yiliga o‘rtacha 180 – 190 mm yog‘in tushadi. Ve-getatsiya davri 220 kun. Tumanning shim. va shim.-sharqidan Katta Farg‘ona ka-nali, Shahrixonsoy, jan.dan Oqbo‘yra va Aravonsoylar oqib o‘tadi. Asaka tashlamasi va Obihayot sug‘orish mashi-na kanali bor. Tuproqlari, asosan, bo‘z tuproq, adirlari arziq tuproq bo‘lib, sug‘orib dehqonchilik qilinadi. Yov-voyi o‘simliklardan shuvoq, sho‘ra va boshqa o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri, quyon yashaydi.Aholisi, asosan, o‘zbeklardan ibo-rat. Tojik, rus, tatar, qirg‘iz, uyg‘ur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² o‘rtacha 679 kishi to‘g‘ri keladi (2000).Xo‘jaligi. Asaka tumani da motor taʼmirlash z-di, Asaka don mahsulotlari aksiyador-lik jamiyati, neft mahsulotlari taʼ-minoti korxonasi, paxta tozalash z-di, meva va sabzavotlarni qayta ishlash, yog‘ochsozlik "Turon" xususiy korxonasi, 3 parrandachilik f-kasi bor. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik ham rivojlangan. Tumanda 431 kichik korxona faoliyat ko‘rsatadi (2000).Asaka tumani dagi jami ekin maydoni 11070 ga. Shundan 5995 ga yerga paxta, 3902 ga yerga bug‘doy, 47 ga yerga sabzavot ekiladi; yem-xashak ekinlari 1114 ga, meva va tokzor-lar qariyb 2000 ga yerni ishg‘ol qiladi (2000). Tumanda 2 jamoa xo‘jaligi (Bo-bur nomidagi jamoa xo‘jaligi, "Sharq haqiqati"), 8 shirkat xo‘jaligi ("Yangi hayot", "Navbahor", "O‘zbekiston", "G‘alaba", "O‘zbekiston mustaqilligi", "Navro‘z", "Asaka", G‘ulom Yoqubov nomi-dagi shirkat xo‘jaligi) va "Sohibkor" meva-tokchilik shirkatlar uyushmasi bor. Asaka tumani da 2000 y.da 19,0 ming t paxta, 30,0 ming t g‘alla yetishtirildi.Asaka tumani da Andijonning eng fusunkor va so‘lim go‘shalaridan Asaka cho‘ntagi joylashgan. Cho‘ntak Toshkanboy Egam-berdiyev nomidagi madaniyat istirohat bog‘ining tepa, chekka qismiga tutashgan. Shahrixonsoydan boshlangan Yov arig‘i 6 km masofada yuqorilab oqib, Cho‘ntakka yetganda adir yon bag‘rilari bo‘ylab choyxo-na so‘rilari ostidan oqib o‘tadi. Ariqda radiusi 6,5 m li, 110 ko‘rachasi bo‘lgan charxpalak aylanib turadi. Ushbu charxpa-lak bu yerdagi 3 ulkan charxpalakning eng kattasi bo‘lib, uning yordamida bog‘ning yuqori qismi sug‘oriladi. Asaka Cho‘ntagi atrofga nisbatan ancha baland. Shuning uchun bu joy yoz pallasida xushhavo, orom-baxsh maskanga aylanadi.Tumanning barcha qishloqlarida obo-donlashtirishga eʼtibor kuchaytirilgan. Qishloqlar va mahallalar marka-zida savdo va maishiy xizmat shoxobchalariga ega bo‘lgan guzarlar tashkil qilingan. 1999/2000 o‘quv yilida 51 umumiy taʼ-lim maktabida 37,6 ming o‘quvchi, 1 gim-naziyada 205 o‘quvchi, 2 akademik litseyda 360 o‘quvchi taʼlim oldi. 1999 y.da Asaka qishloq xoʻjaligi kolleji (300 o‘quvchi), 2000 y.da Asa-ka ijitmoiy-iqtisodiyot va ped. kolleji (600 o‘quvchi) ishga tushirildi. 500 omma-viy kutubxona, 15 klub, 4 kinoqurilma, madaniyat uyi, muzey, 885 o‘rinli 4 kasal-xona va dispanser, 4 tibbiyot punkti bor (2000). 1930 y.dan "Asaka hayoti" tuman 681gazetasi chiqadi (adadi 2900).Tilavoldi Yoqubov.[1] Asaka tumani Асакинский район Mamlakat Oʻzbekiston Maqomi tuman Tarkibida Andijon viloyati Maʼmuriy markazi Asaka (shahar) Rasmiy tillar Oʻzbek Soat mintaqasi UTC+5 Asaka tumani — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Asaka shahri. Tarixi Tahrirlash Asaka tumani 1926-yil 29-sentabr kuni tashkil qilingan. 1962-yil 24-dekabrdan 1970-yil 7-dekabrga qadar Marhamat tumani tarkibida boʻlgan. 1992-yilga qadar Lenin tumani deb atalgan. Maʼmuriy boʻlinishi Tahrirlash Asaka tumani Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Xoʻjaobod tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni — 0,26 ming kilometr kvadrat. Asaka tumanida 1ta shahar (Asaka) va oʻz ichiga 65ta qishloqni olgan 8ta qishloq fuqarolar yigʻini bor. Asaka shahri Zarbdor Ilgʻor Kujgan Mustahkam Niyozbotir Oʻzbekiston Qadim Qoratepa Aholisi Tahrirlash Tumani aholisi soni — 191,5 ming kishi. Aholi zichligi — 1 kvadrat kilometrga 533 kishi. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar, shuningdek, ruslar, qirgʻizlar, tatarlar, uygʻurlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi

Комментарии