Xa, shunday savol tug'ildi, negaki yaqin kunlardan beri o'zbek kanallari ko'pchilik tomonidan tanqid ostiga olinmoqda. Shunday qilingani ham yaxshi, negaki "tanqid-insonni yaxshi tomonga o'zgartiradi" deb xisoblayman, lekin qani o'zgarish? Xali ham o'sha-o'sha "ura-urachilik", "bizda hammayoq yaxshi", "bizda hammayoq tinch" qabilida ish yuritilmoqda. Mana masalan qaysi kanalga qo'ymaylik "Mustaqillik inshootlari" yozuvi ostidagi rolik beriladi. Bunday rolikni kimga keragi bor? Uyat emasmi inshootlar bilan maqtanish? Qaysi chet davlat kanalida "Mustaqillik inshootlari" yozuvi ostida rolik beriladi? Qaysi birida?
Jasurbek Ibragimov ishini olaylik, qaysi bir kanal bu haqda jo'yaliroq, tuzukroq qilib yoritdi? Bu mavzu 5-6ta Onaxonlarimiz to'planib muqaddas kitobimizni o'qigani uchun ularni "jinoyantchi"ga chiqarish, omma oldida sharmanda qilishdan ko'ra muhimroq edi axir, deb o'ylab qolasan kishi!
Yoshi katta otaxon-onaxonlarimiz, internetdan foydalanmaydigan aholi albatta yangiliklarni "dilbuzar" orqali kuzatishadi! Kanallarimiz tuzikroq, muhimroq xabar olib bermasa bular qayerdan o'sha boshqa davlatlardagi notinch vaziyat xaqida xabar topadilar? O'sha Myanma yoki boshqa davlatlardagi notinch vaziyatdan xabar to'pib yoshi ulug'larimiz biz uchun va ular uchun doimo duoda bo'ladilar albatta, xar bir ibodatlarida el-yurt tinchligini so'raydi (xozir ham so'rashmoqda).
Xa, bu TV kanallarimizni yana ko'p "minuslar"i mavjud ularni keyinroq.... Yoki shu holatdan ko'nglingiz to'lyabdimi?
Комментарии
Бу тв тв муаммоси чуқуур илдиз отиб кетган масала. Кўнгил тўлиш у ёқда турсин, лоақал бир бир кўрганда кафиятимиз бузилмасдан тв қаршисидан туриб кетсак ҳам катта гап.
ОтветитьУдалить