Esingizda bo'lsa bundan avvalroq shu mavzuda blogpost yozgan edim. Mening fikrimcha bu postga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham qoshilishdi. Bu blogpostni yozishimdan asosiy maqsad- o'zbek kanallarini yanada takomillashtirish va yaxshi tomonga o'zgartirishdir. Zora bu postni "MTRK"da ishlaydiganlar o'qisa! Xa mayli boshlay qolay.
O'zi aslini olganda, nega bizda kanallar bepul? Ular qayerdan pul topishadi? Albatta Reklamalardan, bekorga biz ayrim kanallarda xar 15 daqiqada reklama roliklarni ko'rmaymiz axir!
Reklama-bu juda katta biznes. Shunchalik kattaki, butun O'zbekistonga "g'irt" tekinga efirga uzatsa ham ularga foyda bo'ladi.
Lekin kanallarimizdagi xozirgi xolatni yangilamasak bo'lmaydi! Xozirgi xolatda kanallarimiz huddi 21- asrda yashamayotgandek go'yo.
Mana masalan " Sport tv"- o'zbek sport sevarlari uchun kanal. Bizning yurtda birinchi raqamli sport turi qaysi? Albatta Futbol. Bu "Sport tv" "kuchli beshlik" chempionatlari uyoqda tursin o'zimizning "Oliy liga" ni ham to'liq yoritib berolmayabdi. Viloyatlardan umuman jonli efirdagi futbol yoki birorta ham reportaj yo'q afsuski. O'sha "Sport tv" dagilar viloyatlarga ijodiy safar uyushtirsa bo'ladi axir, buning uchun ularda yetarlicha shart-sharoit va mablag' bor. Lekin bu mablag'lar...
Formula1, Badminton, tramplindan sakrash- bular "Sport tv" dagilar uchun birinchi raqamli sport turlari! Bu sport turnirlarida birorta ham o'zbek qatnashmagan bo'lsa ham "biz" uchun "juda" qiziq. Bu ko'rsatuvlarni muhlisi ko'pmi yoki futbol oyinining muhlisi ko'pmi? Albatta futbolning muhlislari millionlab odamni tashkil qiladi. Ular uchun millionlab muhlislardan foydami yoki kam sonli muhlislardanmi? Buni javobini xamma ham bilsa kerak albatta. Va yana u yerdagi ayrim sharxlovchilarni xisobga olmaganda , aksariyati noprofessional sharxlovchilardir, tog'ri men ularni ornida bolganimda bu ishni eplay olmas edim, chunki men ularga o'xshab 4 yillab jurnalistikaga o'qimaganman, lekin bu sharxlovchilar...
Ancha yillar oldin "Sport tv"da Yevropa futboli havosi bor edi. Ularni ham o'g'irlab efirga uzatganligi uchun jarimaga tortilgan edi. Shundan beri "Havo" yo'q edi. Yaxshi hamki " Uzreport tv" kanali bor, bu kanal o'zbek futbolsevarlari joniga aro kirdi! Keyinchalik yana bir hush xabar tarqalgan edi- "Futbol tv" kanali ochilishi haqida, bu kanal ham ancha kuttirdi! "Uzreport"ga e'tiroz yo'q hozircha!
Yaqinda efir yuzini ko'rgan " tanqidiy va tahliliy" kanal deya ishga tushirilgan "O'zbekiston 24" telekanalida juda ham " savodlilar" ishga qabul qilingani ma'lum bo'ldi. Bu telekanallarda noto'g'ri yozish uyat emasmi? Ayniqsa dunyo boyicha efirga uzatiladigan kanalda albatta!
Ular "Франция" so'zini yozishni o'rganishi kerak bo'lgan paytda o'qituvchilar "paxta" ga chiqib ketishgan axir, shuning uchun "Франся" deb yozib qo'yisha qolgan albatta))) Lekin bu kanaldan hursand bo'lgan tomonim shuki, kuni kecha yarim tunda prezidentimiz nutqidan jonli efir uyushtirgani menda juda yaxshi taasurot uyg'otdi. Shuning uchun ham bu blogpost ozgina kech qoldi.
"Yoshlar" Prezidentimiz aytganidek "umuman yoshlar havosi yo'q". Bu kanalga boshqa gap ham yoq.
"Dunyo bo'ylab" -bu kanaldan meni ko'nglim to'q,lekin uzoqroqqa ijodiy safar bilan chiqish vaqti keldi
"Madaniyat va ma'rifat" -bu kanalda efirga uzatilgan ko'rsatuvdan rasm tarqalib ketgandi! U rasmda "To'la MADANIYAT".
Xar narsaning "plyus" tomonlari bo'lgani kabi o'sha ko'p tanqidga olingan "Sport tv"ni ham kam bo'lsa ham "plyus" tomonlari bor albatta!
Bu telekanallardagi vaziyatlarni tog'rilash uchun ancha vaqt talab qilinmaydi! Shunchaki o'z vaqt ichida ko'proq ish qilinishi zarur va shart. Mablag'larni hammasi telekanal rivoji uchun ishlatilaganda edi allaqachon vertalyotlardan turib " breaking news" tayyorlashga qurbimiz yetgan bo'lar edi! Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "bo'ldi ura-ura"chilik davri o'tdi". Bu kanallar ham xalqni ichida yurishi va ularni dardini tinglashi zarur!
Комментарии
Отправить комментарий