Futbol. O'zi aslini olganda bu sport turi qanday? Albatta sportning bu turi millionlab muhlislarni bir jamoa uchun birlashtiradi. Futbol-mllionlar o'yini deb bekorga aytmaydi axir.
Lekin bu o'yin ichida katta "o'yin" bor. Mana shu "o'yin" futbolimiz ildiziga bolta urmoqda. Bu illatga qarshi kurashishni ertaroq boshlash kerak edi. Yoq, umuman bu "o'yin"ni boshlanishiga yo'l qoymaslik kerak edi. Xa mayli men bugun bu haqda gapirmoqchi emasman, men bugun o'zbek futboli rivoji uchun yana nimalar qilmoq kerakligi haqida yozmoqchiman. Hullas futbolimiz rivoji uchun quyidagi vazifalarni bajarishimiz zarur:
1. Bolalar futboli.
Biz birinchi navbatda bolalar futboliga juda katta e'tibor qaratishimiz zarur. Bolalar futboliga e'tibor yo'qligini kuni kecha Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi o'smirlar terma jamoamiz ham isbotlab qoydi. Hattoki Osiyo chempionati ham yoq bizga. Shu kunlarni ham ko'rdik...
E'tiborni maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash kerak, yosh avlodni bog'chadaligidanoq sportga bo'lgan sevgini uyg'otish zarur. Kerak bo'lsa futbolga ixtisoslashtirilgan bog'cha ochish kerak. Axir yoshlar shu yerdan boshlab tarbiya olishadi. Chekka-chekka qishloqlardagi talantlilar e'tibordan chetda qolmoqda afsuski. Qani klublarning skautlari? Klublarda Skautlar ishlarmikan o'zi? Agarda dunyoga mashxur klublarning Skautlari ishlamaganda xozirgi "megayulduz"lar yulduz bo'la olmasmidi balki... Biz dunyo bo'yicha ishlayotgan Skautlar ishiga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin, lekin O'zbekistondan emas!
2. Teletranslyatsiya.
Bu borada biz ancha oqsamoqdamiz!
Bu mavzuda juda ko'p gapirildi. Shaxsan o'zim ham bu mavzuda 2 ta blogpost yozgan edim, bu haqda gapirishning endi foydasi yo'q, o'zgarishni kutamiz!
3. Terma jamoalarga chetdan murabbiy olib kelish.
Bu borada ko'plab misollar keltirildi. "MTJga Zinedin Zidanni olib kelinsa albatta o'zgarish bo'lsadi... faqat Zinedinda... " shunaqa xazilomus gaplar yuribdi futbolsevarlar orasida. Nima bo'lganda ham bu masala tezroq hal qilinishi zarur, agarda biz bu masalani yechimini topmasak JCH-2022dan quruq qolishimiz hech gap emas! Kerak bo'lsa bugunoq boshlash kerak.
4. Hakamlik.
Ayrim hakamlarimiz afsuski kelishilgan o'yinlarga yo'l qo'yib bermoqda. Lekin O'FFning yangi tarkibi bu masalani hal qilish uchun yangi qo'mita tuzdi yaxshi hamki. Buning natijalarini ham ko'rdik, "ikkichi"larimiz jazolanmoqda. Bu borada yana ham rivojlanamiz degan umiddaman.
5. Yevropaliklar bilan tajriba almashish.
Xa, bu ishni amalga oshirishning vaqti keldi. Qachongacha biz qo'shni davlatlarni sparing raqib qilib tanlaymiz, yoki qachongacha "ko'k" "sariq"larga bo'linib o'ynaymiz. Yevropadan raqib qidirishning ayni vaqti yetib keldi. Lekin biz ularni oldiga borishimiz, safarda o'ynashni o'rganishimiz kerak.
Crishtianu Ronalduni to'lib toshgab "JAR" stadionida lol qoldirgan yosh iqtidor egalari bor edi. Lekin ular qani? Shunga o'xshab 2011-yil meksikada bo'lib o'tgan jaxon chempionatidagi iqtidorlarimiz yo'q bo'lib ketishmoqda yoki kibrga berilmoqda.
Bu omillarning 5 tasi xolos, o'zbek futboli rivoji xali ko'p mehnat talab qiladi.
Комментарии
Отправить комментарий