Bu mavzu haqida hamma gapirib bo'ldimi? Endi gapirsam bo'laveradimi? Unda boshladim!
Yaqin o'tgan zamonda samolyotlarni to'xtatib turuvchi zamonaviy tilda aytganda "Stayanshik" bo'lgan ekan! Uning ismi o'sha bizning quloqqa yoqimli eshtiladigan Babayan ekan. U futbolni tushunmas hatto qiziqmas edi ham. U ishtalik paytida bir samolyotdan keksa O'FF prezidenti tushib keldi. Babayanning nurli yuzlari ayniqsa uning maylovi Mirabror bobomizga yoqib tushdi va uni kechgi ovqatga taklif qilib suhbatlashib olishdi. Suhbatdan parcha:
-Mirabror U.Z:Sen menga yoqding! Seni MTJga, haligi nima edi? Haaa, murabbiy etib tayinlamoqchiman.
-Babayan:Axir men futbolni tushunmayman hatto qiziqmayman ham janob prezident!
-M.U.Z: Hechqisi yo'q mana men ham "OSHPAZ"likdan shu yergacha keldim-ku! Boshida men ham eplay olmayman deb oylagan edim lekin buncha pullar...... oldida ojiz qolib "Bunyodkor"stadionini qurdirdim.
-Babayan: Xa mayli murabbiy bo'lganim bo'lsin. Lekin xalq orzusi JCh chi?
-MUZ: Eee, sen bu haqda umuman o'ylama men olib chiqaman deb hech kimga va'da bermaganman!
-Babayan: Xop janob prezident! Xaligi.....?
-MUZ :Nima demoqchisan?
-Babayan: Ismingiz nima edi?
-MUZ: Mirabror Usmonov Zufarovich. Eslab qolgin yana sharmanda qilmagin
-Babayan: Xop bo'ladi yuzingizni yerga qaratmayman!........
Shunday qilib Babayan ismli "Daho" ishga kirishdi. Ishni birinchi bo'lib "charter reys" kelishish dan boshladi, keyin futbolchilar bilan oshga bordi. U yerga Igor Sergeevni ham taklif etdi chunki u Babayanning erkatoyi edi. U kunlar o'tib asosiy tarkibdan joy egalladi va uning pullari bu joyni hech kimga bermadi, u "Haqiqiy futbolchi"ekanligini ko'rsatib qoydi! Xa, Sergeev futbol oynashdan ko'ra paxta tergani yaxshiligini ham butun xalqqa isbot qildi! Axir shuncha iqtidor egalari paxta terib yuribdi.
Shu zaylda kunlar o'tib FIFA reytingida "kuchli 180-talik"ga kiruvchi jamoalarni yanchiy boshladi bu "xaqiqiy murabbiy"imiz! G'alabalar seriyasi uzun bo'ldi va maysa o'pichi ham!
Endi Babayan va Mirabror "opoqi"mizni katta vazifa kutib turgan edi- 32 million xalqni "lox" qilish turgan edi! Babayan va Mirabror Usmonov bu vazifani qoyilmaqom darajadi uddalashdi. Nima bo'lganda ham Babayan va Mirabror Usmonov Gulnora Karimova darajasida bo'lmasa ham pulni "bosishdi"-eng asosiy vazifa uddalandi. Endi Babayanga farqi yo'q edi uni jurnalistlar "Pazor" desa ham. Mirabror "tog'a"ga ham huddi shunday axir u va'da bermagan-ku.
Bularning barchadi haqiqatga yaqin hazil afsuski...
Endi "lox" bo'lganimizdan keyin madhiyamiz yangrashiga yana kamida 4 yil bor, undan ham yiroqlarga cho'zilishi mumkin albatta. Endi bu yog'iga SABR.
Комментарии
Зўр чиқибти давомли бўлсин ижодинг. Омадингни берсин
ОтветитьУдалитьRaxmat katta
Удалить